Opta APL 32-turidan keyin "Arsenal" va "Man Siti"ning chempionlik imkoniyatlarini baholadi

13 apr 2026, 09:20
Opta superkompyuteri APL 32-turidan keyin "Arsenal" va "Manchester Siti"ning chempion bo'lish imkoniyatlarini baholadi.

"Arsenal"ning chempionlik imkoniyati 87,26% ni tashkil qilmoqda. "Manchester Siti"ning g'alaba qozonish ehtimoli - 12,74%. 32-tur o'yinlariga qadar london klubining g'alabasi 97,7% deb baholangan edi.

32-turda Mikel Arteta jamoasi "Bornmut"dan 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi, Xosep Gvardiola shogirdlari esa "Chelsi"ni 3:0 hisobida tor-mor qildi.

"Arsenal" Angliya chempionati jadvalida 70 ochko bilan birinchi o'rinda. "Manchester Siti" 64 ochko bilan ikkinchi o'rinda (bir o'yin kam o'tkazgan).

Kelgusi turda jamoalar o'zaro to'qnashadi. O'yin 19 aprelda "Etixad" stadionida bo'lib o'tadi.


Manba: Opta