Muxtor Qurbonov: "Samarqandda bizni sarson qilishdi"

Narzulla Saydullayev
31 mar 2014
Xabaringiz bor, kecha mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida O'zbekiston Kubogi o'yinlariga start berildi.
Qur'aga ko'ra G'uzorning "Sho'rtan" jamoasi kecha Samarqandda "Registon" mehmoni bo'ldi. Unda Muxtor Qurbonov boshqaruvidagi "Sho'rtan" 1:0 hisobida g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Shundan so'ng Qurbonov saytimizga uchrashuv haqida qisqacha o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'zbekiston Kubogidagi startimizni omadli boshlaganimizdan xursandman. Ochig'ini aytsam kecha bizni Samarqandda sarson qilishdi. Boisi uchrashuvni avvaliga "Olimpiya" stadionida o'tadi deb keyinroq bizni Jomboyga borishimiz kerakligini aytishdi. Nima sababdan bunday qilishgani esa bizga qorong'u. Jomboydagi stadionning maydoni ham shu kuni talab darajasida emasdi. Shuning uchun uchrashuvda faqat natija uchun kurash kechdi. Muxlislarni gollar bilan xursanf etish qiyin bunday maydonda. Shunga qaramay eng muhimi g'alabaga erisha oldik.

-O'yindan umuman ko'nglim to'lmadi. "Registon" ham yaxshi jamoa. Tarkibida yetakchi o'yinchilar ko'p. Xususan o'tgan yili "NBU-Osiyo"da qo'l ostimda o'ynagan Vitaliy Zoteev ham joriy mavsum samarqandliklar sharafini himoya qilmoqda.

Islombek RUSTAMBEKOV.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia