

Biz o'yindan oldin jamoa murabbiyi M Abduvalievning fikrlari bilan qiziqdik.
-Bugun Farg'onaga faqat g'alaba qozonish uchun boramiz. Boshqa natija bizni qoniqtirmaydi. Chunki endi ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q. To'g'ri oson o'yin bo'lmaydi. Bizga raqib kim bo'lishini farqi yo'q. Bu yog'iga faqat g'alaba qozonib muxlislarimiz ishonchini qaytarishimiz kerak. O'ylaymanki “Istiqlol” stadioniga borgan muxlislar bugun zerikib qolishmaydi.
“Evro-2016”da kimga muxlislik qilaman? Darvoqe bugun Yevropa chempionati xam start oladi. Qo'shnilarimiz Rossiya jamoasiga muxlislik qilaman.



