Moyze Kinning yangi jamoasi ma'lum (Fabricio Romano)

Alisher
28 yanv 2024, 22:00
Moyze Kin mavsumni "Atletiko"da davom ettiradi.

Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Madrid klubi "Yuventus" bilan forvardni xarid qilish huquqisiz ijaraga olish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Xabar qilinishicha, "Atletiko" Kinning ijarasi uchun 500 ming evro to'laydi. O'yinchi yaqin kunlarda tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Forvard joriy mavsum "Yuventus" safida A Seriyada 12ta o'yinda maydonga tushib, 472 daqiqa o'ynadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano