Levandovskining agenti "Yuventus" bilan muzokaralar o'tkazish uchun Turinga uchib keldi

19 apr 2026, 16:31
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin.

Polshalik futbolchining agenti Turinga uchib kelib, u yerda Italiya klubi rahbariyati bilan muzokaralar olib boradi.

Levandovski mavsum yakunida Kataloniya klubini tark etishi ehtimoli yuqori - tomonlar shartnomani uzaytirish bo'yicha kelisha olishmadi.

Joriy mavsumda Levandovski "Barselona" safida 25 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi.


Manba: La Gazzetta dello Sport