Moyes MYUning yurishi haqida: "PSJ ustidan qozonilgan g'alabadan keyin jamoa hammasiga qodir"

Tolibjon Qosimov
16 mar 2019, 14:35
"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes Chempionlar ligasi 1/4 finaliga tashlangan qur'a haqida gapirib o'tdi.

Unga ko'ra, MYUning chorak finaldagi raqibi "Barselona" bo'ldi.

"Bu juda og'ir, lekin ajoyib qur'a. PSJ ustidan qozonilgan g'alabadan keyin jamoa har qanday qarama-qarshilikka tayyor.

Bizni ajoyib o'yinlar kutib turibdi, bu ayni MYU ko'nikkan bellashuvlar", - dedi Moyes.


MYU va "Barselona" o'rtasidagi o'yinlar 10va 16 aprel kunlari bo'lib o'tadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: skysports.com