Moyes: “Fergyussondan keyin “MYU”da ishlash oson emasdi”

Aslanov Jasurbek
24 dek 2016
“Sanderlend” bosh murabbiyi Devid Moyes APL 18-turi doirasida jamoasining “Manchester Yunayted”ga qarshi bellashuvi oldidan o'zining “MYU”dagi faoliyati haqida eslab o'tdi.

Shotlandiyalik mutaxassis 2013 yilning yozida afsonaviy Aleks Fergyussondan keyin “qizil iblislar”ni qabul qilib olgan va keyingi yilning bahorida iste'foga chiqarilgan edi.

“Men MYUdan iste'foga chiqarilganimda faqat bir narsadan afsuslanganman: menga natijaga erishishim uchun vaqt berilmagan edi. Har qanday kuchli mutaxassis uchun Fergyussonning ishini davom ettirish oson kechmasdi. O'ylaymanki, Mourinyo, Klopp, Gvardiola va Anchelotti uchun o'sha paytda meni o'rnimda bo'lganida oson bo'lmasdi”, deya taqidlab o'tdi Moyes.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: www.skysports.com