Mourinyu Reshfordni Turkiyaga chorlamoqda

Administrator
26 dek 2024
Joze Mourinyu "Fenerbaxche"dan "Manchester Yunayted" forvardi Markus Reshford bilan shartnoma imzolashni so'radi.

Portugaliyalik hujumchi bilan Angliya klubidagi faoliyat orqali tanish. Markusning Istanbulga yo'l olishi esa qishdayoq ro'y berishi mumkin. Ammo, ehtimoliy bitimga moliya masalasi to'siq bo'lishi mumkin.

MYU Markus Reshfordga ishonch bildirmayapti. Futbolchi so'nggi o'yinlarni portugaliyalik bosh murabbiy Ruben Amorimning qaroriga ko'ra o'tkazib yubormoqda. Shu bilan birga, klubning o'z tarbiyalanuvchisidan qutulishga tayyorligi haqida xabarlar yangramoqda.


AdministratorMuallif
Manba: TEAMtalk