Mourinyo: "Azar oyog'ining orqa qismiga ham himoya vositasini tayyorlab berishni so'radi"

Aslanov Jasurbek
21 fev 2015, 17:17
"Chelsi" bosh murabbiy Joze Mourinyo Eden Azarga qarshi qo'pol harakat qiladigan futbolchilardan norozi ekanligini bildirdi.

"Azarga qarshi ko'p qo'pollik ishlatishadi, ammo bu ularning hammasi kartochka bilan jazolanadi degani emas. U atayin shunday o'ynamaydi. Eden futbol o'ynashni xohlaydi, raqib kartochka olishini emas. U maydonda halol o'yin ko'rsatishi bilan g'ururlanaman.

Eden mendan karbonli himoya vositasi tayyorlab berishni so'radi. Hazillashganim yo'q. U oyoqning orqa qismida ham shit bo'lishini istayapti. Chunki uni oyoqlariga orqadan ham zarba berishyapti" - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com