Mo'min Meliev O'zbekistonga qaytdi

Narzulla Saydullayev
5 dek 2025, 15:34
O'zbekistonlik hujumchi Mo'min Meliev bir yil davomida Slovakiyada faoliyat olib bordi.

Slovakiya quyi ligasi ishtirokchisi bo'lgan "Partizan Bardeyov" sharafini himoya qilgan futbolchining klub bilan shartnomasi yakunlandi va erkin agentga aylandi. U "Partizan Bardeyov" safida 13 ta o'yinda maydonga tushib 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. 

Ma'lumot uchun, Meliev O'zbekistonda "So'g'diyona", "Mashal", "Qo'qon-1912", "Lokomotiv" va "Xorazm" klublarida to'p tepgan. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia