

- "Barselona"ga qarshi qanday o'ynashni bilamiz deb o'ylagandik, birinchi bo'limdan keyin esa bunga shubhalanmay qo'ygandik. To'pni o'zimizda ushlab turdik, vaziyatlar yaratdik. Barchasi yaxshi ketayotgandi. Ammo ikkinchi bo'limda bu o'yinimizni namoyish eta olmadik va "Barsa" o'z ustunligini namoyish eta oldi.
O'tgan yil "Real"ga ham mag'lub bo'lgandik, bu ikki klub dunyoning eng kuchli klublari. Agar bugun birinchi bo'limdagi o'yinimizni namoyish eta olsak istalgan jamoani mag'lub eta olamiz. Messi qoyilmaqom. Bunday o'yinchiga qarshi o'ynash ajoyib. Bu fantastik futbolchi.



