Mirjalol Qosimov: "Adolatli durang qayd etildi, sababi..."

Administrator
12 avg 2025, 21:35
Superliga 18-turidan o'rin olgan OKMK - "Qizilqum" (0:0) bahsidan so'ng olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bahoni muxlislar beradi. Biz bugungi uchrashuv qanday kechganini tahlil qilib chiqishimiz kerak. "Qizilqum" o'z vazifasini uddaladi. Yaxshi himoyalandi va bo'shliqlar qoldirmadi. Shu sababli ancha qiynaldik. Durang natijasi to'g'ri bo'ldi. Maqsadimiz avvalambor muxlislarni xursand qilish va g'alaba qozonish edi, ammo bunday o'yinlar ham uchrab turadi. Raqib bugun juda munosib qarshilik ko'rsatdi. Biz bugun ikki ochko yo'qotdik, lekin adolatli durang qayd etildi. G'alaba qozonish uchun gol urish kerak. Uch kundan so'ng yana o'yinimiz bor. Endi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz" - dedi Mirjalol Qosimov bugungi bahs haqida.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia