Mirjalol Qosimov: "Yana oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib yuboryapmiz"

Aslanov Jasurbek
9 apr 2026
OKMK - "Surxon" bahsidan (1:1) so'ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Mirjalol Qosimov: “Ikkinchi marta bu yerda oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib yuboryapmiz. Yana ikki ochkosiz qoldik. “Surxon” - oxirigacha kurashadigan, jamoaviy o'yin ko'rsatadigan raqib. Achinarlisi, yo'q joydan darvozamizni ishg'ol qilishdi. Futbolchimiz gol uradigan vaziyatda to'pni to'xtatib imkoniyatdan foydalanmadi, keyin yo'q joydan raqibga jarima zarbasi ishlab berdik.

Harakatda davom etamiz, boshqa ilojimiz yo'q. Barcha bahslar kurashlarga boy bo'lmoqda, kurash oxirigacha davom etyapti. Xatolarimi ustida ishlaymiz”.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia