"Milan" Iguainga 4 yillik bitim taklif qildi

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2018, 18:14
"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin.

Rossonerlar argentinalik futbolchiga 4 yillik bitim taklif qildi. Uning shartlariga ko'ra, Iguain yiliga 4,5 mln. evro ishlab topadi. Forvardning "Yuventus"dagi mavsumiy maoshi 7,5 mln. evro. Turin klubi o'z futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor, ammo ular transfyerdan 60 mln. evro ishlab olishmoqchi.

Iguain uchun kurashda "Chelsi" avvalgidek yetakchilik qilmoqda, biroq ko'klar argentinalikni sotib olishdan avval o'z hujumchilaridan birini pullamoqchi. Oldinroq, londonliklar Iguain va himoyachi Daniele Rugani transferi uchun 90 mln. evro taklif qilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport