"Real" hujumchisi biznes-tahlil yo'nalishida o'qimoqda: "Futbol bir kun tugashi mumkin"

Aslanov Jasurbek
30 mar 2026
"Real" hujumchisi Gonsalo Garsiya Torres universitetdagi o'qishi va kelajakdagi rejalari haqida gapirib berdi.

22 yoshli futbolchi hozirda biznes-tahlil yo'nalishi bo'yicha biznes-administratorlik mutaxassisligida tahsil olmoqda. "O'qish menga doim yoqqan. Futbol bilan shug'ullanish imkoniyatiga ega bo'lganimdan baxtiyorman, lekin bu soha qachondir tugashi mumkin. Shu bois, oldinga intilish va ishlashda davom etishim uchun qo'limda qo'shimcha soha bo'lishini istayman", - deydi Gonsalo.

Shuningdek, hujumchi universitet hayoti unga oddiy 22 yoshli yigitdek his qilishga yordam berishini ta'kidladi: "O'qishga borish do'stlarim bilan muloqot qilish va oddiy universitet hayotini kechirishga imkon beradi".

Eslatib o'tamiz, Gonsalo "Real" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va jamoaning istiqbolli hujumchilaridan biri sifatida ko'rilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RFEF