"Milan" "Chelsi" futbolchisi transferi ustida ishlamoqda

Sherzod Nurmatov
6 may 2023
"Milan" "Chelsi" yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chikni sotib olmoqchi.

Manba bergan xabarga ko'ra, yarim himoyachi "rossoneri"ning short-listidan joy olgan va London klubi yozda futbolchini sotishga tayyor.

Transfer summasi "Milan" uchun muammo bo'lmaydi, biroq tomonlar maosh masalasida kelishib olishlari kerak bo'ladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/RudyGaletti