"Milan" "Chelsi" bilan Ziesh borasida muzokaralar olib bormoqda

Alisher
2 iyul 2022, 12:15
"Chelsi" yarim himoyachisi Xakim Ziesh faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "Milan" o'tgan haftadan beri o'yinchining o'tishi borasida "Chelsi" bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqada.

Qayd etish kerakki, 29 yoshli Marokash terma jamoasi o'yinchisining o'zi klubga o'tish uchun ochiq.

Yarim himoyachi 2021/22 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano