

Manchester Yunayted 22 yoshli futbolchini Italiyaning Lacio klubiga sotadi. Rimliklar qizil iblislar so'rayotgan 30 million funtni berishga rozilik bildirishdi.
Ma'lumot uchun, avvalroq Meyson Grinvudga Yuventus, Borussiya, Napoli jamoalardan qiziqish bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida Xetafeda o'tkazdi va 36ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 6ta assist qayd etdi.



