“Metallurg” ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshladi

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2017
Ilgari xabar berganimizdek, Bekobodning “Metallurg” jamoasi a'zolari 7 iyul sanasida O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi qoshidagi tibbiyot markazida ko'rikdan o'tishdi va ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirish uchun poytaxt viloyati Bo'stonliq tumaniga yo'l olishdi.

Bekobodliklar ikki hafta mobaynida Chorvoq suv ombori yonida joylashgan “Metallurg” sihatgohida jismoniy tayyorgarlikni tiklash mashqlariga zo'r berishadi. Murabbiylar tarkibi bilan qo'shib hisoblaganda bugun O'zbekiston metallurgiya kombinatiga qarashli bu maskanga klubning 50 dan ziyod a'zolari yetib kelishdi. Asosiy va o'rinbosarlar tarkibi vakillariga yig'in davomida jismoniy yuklamalar berilishi barobarida nazariy hamda taktik jihatdan mashg'ulotlar ham o'tiladi. Yig'inda “Metallurg” tarkibiga taklif etilgan yangi o'yinchilar ham ishtirok etishayapti. O'z navbatida birinchi davrada bekobodliklar bilan birga bo'lgan bazi o'yinchilar boshqa klublarda ko'rikdan o'tish uchun ruxsat olishganligini ham aytib o'tish kerak. Bu boradagi yangiliklar haqida keyingi chiqishlarimizda ma'lumot beramiz.

"Metallurg" matbuot-xizmati


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia