Uchrashuv teng kurashlar ostida o'tgan bo'lsa-da, rossiyaliklar yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishdi va 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Bekobodliklar 2 mart kuni yurtimizga qaytib kelishadi. Ungacha “Metallurg” yana bitta o'yin o'tkazishni rejalashtirgan.
Bekobodliklarning yoshlar jamoasi esa bugun poytaxtimizdagi “Chilonzor” stadionida Qozog'iston chempionati birinchi ligasi a'zosi "Bulat" jamoasiga qarshi nazorat o'yinini o'tkazdi. Bu o'yinda ham ustunlik “Metallurg” yoshlari tomonida bo'ldi. Biroq bu uchrashuvda darvozalar dahlsizligi saqlanib qoldi. Yoshlar tarkibi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini seshanba mart kuni Oqqo'rg'on tumanida poytaxt viloyati birinchiligida qatnashuvchi mahalliy jamoaga qarshi o'tkazadi.