Mbappe faoliyatidagi 20-sovrinni yutdi

Omonjon To`xtamirzayev
19 dek 2024
Endi u hamyurtlari orasida 9-o'rinda, yetakchi esa Karim Benzema (33 ta sovrin).

Kilian Mbappe fransiyalik futbolchilar orasida sovrinlari soni bo'yicha 9-o'ringa chiqib oldi.

Tunda forvard "Real" bilan navbatdagi sovrinni qo'lga kiritdi, bu Mbappe uchun faoliyatidagi 20-trofey bo'ldi.

Patris Evra va Blez Matyuidida 21 tadan kubok bor. Bu borada fransiyaliklar orasida rekordchi – 33 titul bilan Karim Benzema.

TOP-6dan Kingsli Koman (27), Frank Riberi, Adrien Rabo (23 tadan), Biksant Lizarazyu va Rafael Varan (22 tadan) o'rin olgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Stats Foot