"Manchester Yunayted" muxlislariga Grinvud ismi tushirilgan liboslarni tekinga almashtirishga ruxsat berildi

Mirjalol Normatov
3 fev 2022, 14:28
"Manchester Yunayted" rahbariyati muxlislarga Meyson Grinvud ism-familiyasi tushirilgan liboslarni tekinga almashtirish imkoniyatini taqdim qildi.

Oldinroq klub rasmiy do'konlari va onlayn-shopping sahifalaridan uning narsalarini olib tashlashgandi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi jinsiy zo'ravonlikda ayblanib, xibsga olingan va kecha garov evaziga ozodlikka chiqqandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail