"Manchester Yunayted" "Chelsi" yarim himoyachisi uchun 40 mln evro to'lashga tayyor

Alisher Ostonov
6 iyul 2025, 14:36
"Manchester Yunayted" "Chelsi"ning 27 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Kristofer Nkunkuni yozgi transferlar short-listiga kiritdi.

Londonliklar hujumchilar Joao Pedro va Liam Delap transfer qilinganidan keyin fransiyalik futbolchiga umid qilmayapti. Takidlanishicha, "qizil iblislar" Nkunku uchun "ko'klar"ga 40 mln evro berishga tayyor.

Yarim himoyachi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol va beshta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 35 mln evroni tashkil etadi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: Mirror