"Manchester Yunayted" 11 yilda ilk bor abonement narxini oshirdi

Omonjon To`xtamirzayev
22 fev 2023
"Manchester Yunayted" yillik abonementlar narxini oshirdi.
Bu yaqin 11 yilda birinchi marta yuz berdi.

Muxlislar yillik chipta narxi 5% oshganidan norozi. Avvalroq "Arsenal" shu uslubda narxlarni oshirgandi, yangi tarif kelasi mavsumdan kuchga kiradi.


"Manchester Yunayted"da bu borada izoh berishdi:
"Biz turmush tarzidagi deyarli barcha narsalarning narxi oshayotganini tushungan holda, narxlarni inflyaciyaning hozirgi darajasidan ancha pastroq ushlashga intildik".

MYU muxlislari bunday qarorga qarshilar, ularning fikriga ko'ra, klub abonementlar narxini oshirmasa ham moliyaviy jihatdan qiyinchilikka uchramasdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia