Manba: "Napoli" yangi murabbiy borasida bir qarorga keldi

Sherzod Nurmatov
23 may 2023
Luchano Spalletti skudettoni qo'lga kiritgan bo'lsa-da, ketadi.

"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis Jan Pero Gasperinini o'z jamoasi bosh murabbiyi sifatida ko'rmoqchi, deya xabar berdi "Tutto Napoli". 

Hatto "Atalanta"ning amaldagi bosh murabbiyiga qanday shart-sharoitlar yaratilishi ma'lum. Gasperini ikki yillik shartnoma asosida bir mavsumga 4 million evro maosh oladi. "Napoli" bosh murabbiyi Gasperinining tajovuzkor hujumkor futbolini va uning imzosi tushirilgan 3-4-3 sxemasini yaxshi ko'radi.

Eslatib o'tamiz, De Laurentis va Luciano Spalettining munosabatlari yomon, lekin aynan shu murabbiy "Napoli"ga 33 yil ichida ilk skudettoni olib kelgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tutto Napoli