

Bu haqda ESPN xabar berdi.
Manbaning ma'lumotida aytilishicha, 28 yoshli braziliyalik futbolchi qo'shimcha tekshiruvlardan o'tadi. Avvalroq "Real" chap oyog'i sonining ikki boshli mushagi shikastlanganini ma'lum qilgandi.
Braziliya 31 may kuni Panama bilan, 7 iyun kuni esa Misr bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. 14 iyun kuni ular mundial guruh bosqichi doirasida Marokash bilan ro'baro' keladi.
Ma'lumot o'rnida, Militao terma jamoa safida 38 o'yinda 2 ta gol urgan.



