"Real" asosiy o'yinchilaridan biri yana jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
20 noya 2025
"Real" himoyachisi Eder Militao Braziliyaning Tunisga qarshi o'rtoqlik o'yinidan so'ng jarohatlanganlar safini to'ldirdi.

Braziliyalik futbolchi 60-daqiqada tibbiy yordamga muhtojlik sezdi - Militao maydonni o'zi yurib tark etdi, ammo aniq noqulaylik his etgan holda. Dastlabki tekshiruvdan so'ng u taxminan 2 haftaga safdan chiqqani va navbatdagi o'yinlarni o'tkazib yuborishi aniqlandi.

Xavotirning sababi tushunarli: Militao so'nggi bir yarim yil ichida ikki marta xochsimon bog'lami uzilishi tufayli operaciya qilindi: birinchisi 2023 yil avgustida, uning tiklanishi etti oy davom etdi; ikkinchisi 2024 yil noyabrida jarohat oldi, shundan so'ng shu yozda maydonga qaytdi.

Militaoning yo'qotilishi tig'iz jadval hisobga olinsa, juda yoqimsiz: "Real"ning keyingi o'yini 24 noyabr kuni "Elche"ga qarshi bo'ladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN