Manba: Kannavaro Urugvayga qarshi o'yinda O'zbekiston terma jamoasida debyut qilishi mumkin

Sherzod Nurmatov
2 okt 2025, 14:30
2006 yilgi "Oltin to'p" sohibi Fabio Kannavaro O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi. 

Ma'lumotlarga ko'ra, O'FA Kannavaro bilan kelishuvga erishishga yaqin. Uning shtabida Chichcho Troize yordamchi murabbiy va Eugenio Albarella sport murabbiyi sifatida ishlaydi. Kannavaro 13 oktyabr kuni Urugvayga qarshi o'yinda debyut qilishi mumkin.

Avvalroq mashhur insayder Fabricio Romano O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Kannavaro bilan bog'langani haqida xabar bergan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira