Manba: "Arsenal" Gyokeresh bo'yicha kutilmagan qaror qabul qildi

Sherzod Nurmatov
27 apr 2026, 17:25
Shvetsiyalik markaziy hujumchi Viktor Gyokeresh joriy mavsum oxirida Londonning "Arsenal" jamoasini tark etishi mumkin.

"Arsenal" rahbariyati skandinaviyalik hujumchining bu mavsumdagi o'yinidan qoniqmadi. Klub yozgi transfer oynasida ehtimoliy xaridorlarning takliflarini ko'rib chiqishga tayyor. Gyokereshning transfer qiymati 65 million evroga baholanmoqda va uning londonliklar bilan shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirida tugaydi.

27 yoshli hujumchi ushbu mavsum APLda 32 o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol (3 tasi penaltidan) urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: indykaila News