Maguayr Yevropa Ligasi finalini o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
10 may 2021, 18:47
"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Xarri Maguayr APL 35-tur doirasidagi "Aston Villa" (3:1)ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

"Qizil iblislar" sardori 78-daqiqada maydonni tark etdi.

"Umil qilamanki, biz finalda Xarri Maguayr bilan ishtirok eta olamiz, ammo bilmadim. Biz aniqlab olishimiz kerak. Men shifokor emasman, tekshiruv o'tkazilishi kerak", - deydi Sulsher.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" Yevropa Ligasining finalini 26 mayda Gdanskdagi "Gdansk Arena"dagi stadionida Ispaniyaning "Vilyarreal" jamoasiga qarshi o'tkazadi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports