Lusio: "Agar Oskar "Chelsi" o'yiniga ko'nikib ketsa ajoyib futbolchiga aylanadi"

Aslanov Jasurbek
23 okt 2015, 15:18
Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Lusio "Chelsi"dagi hamyurti Oskar haqida fikr bildirdi.

"Oskar Braziliya terma jamoasining hujum chizig'ida bor mahoratini ko'rsatyapti. U "Chelsi"da boshqa vazifani bajaradi.Oskar bunga ko'nikishi lozim. Agar u uddalasa ajoyib futbolchiga aylanadi.

Uning holati yomonlashishi - ko'nikishiga bog'liq. "Chelsi"da buyuk futbolchi bo'lish uchun Oskar tinmay ishlashi va o'z o'yinini kuchaytirishi kerak" - deydi Lusio.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: IBTimes UK