Luka Modrich: "Biz "Yuventus"dan qo'rqmaymiz"

Tolibjon Qosimov
4 noya 2013, 18:16
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich YCHL 4-turidan o'rin olgan "Yuventus"ga qarshi o'yindan oldin raqibni xurmat qilishini ma'lum qildi.
"Yuventus" – "Real" o'yini ertaga tunda bo'lib o'tadi.

– Biz "Yuventus"dan qo'rqmaymiz. Bu ajoyib jamoa, ammo undan qo'rqmaymiz. Tarkibimizda buyuk futbolchilar bor, shu bois doim bizga qarshi kuchli o'yinchilar o'ynashlarini istaymiz. Ronaldu? U "Real"ning o'tmishi, buguni va ertasi, – deydi Modrich "Real" saytiga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net