Luis Felipe: "Neymar juda kuchli iqtidor sohibi"

18 noya 2014, 00:12
"Chelsi" himoyachisi Luis Felipe o'zining Braziliya terma jamoasidagi sherigi Neymar haqida iliq so'zlarni bildirdi.
Neymarni to'xtatishni deyarli ilojisi yo'q. Men u bilan ko'p bora mashg'ulotlarda ishtirok etaman. Neymarni kuzata turib shuni angladimki, uni birga-bir vaziyatda qo'yib yuborib bo'lmaydi. Chunki bu vaziyatda uni to'xtatib qolish imkonsiz. Neymar g'alaba qozonishga o'rgangan. U mag'lubiyatni yomon ko'radi. Mashg'ulotlarda u sizni juda kulguli holatga solib qo'yishi mumkin. Men uni juda hurmat qilaman.

Manba: sports.ru