"Liverpul" va "Real" "Monako" futbolchisi uchun kurashadi

Narzulla Saydullayev
26 apr 2022, 23:41
Gap Orelen Tchuameni haqida ketmoqda.

Angliyaning "Liverpul" klubi Fransiya terma jamoasi xavbeki Orelen Tchuameni uchun kurashga qo'shildi. Bunga qadar 22 yoshli futbolchi uchun asosiy da'vogar "Real Madrid" bo'lib kelayotgandi. Ammo hozirda "Liverpul" ham muzokaralarni boshlab yuborgan. Bunga sabab futbolchining o'yini Yurgen Kloppga yoqib qolgani bo'lmoqda. Manbaning yozishicha, ikki klub bergan taklif ham futbolchi uchun mos. Ammo "Liverpul" taqdim etgan kelishuvning moliyaviy tomoni biroz yaxshiroq. 

Orelen Tchuamenining transfer qiymati 50 mln evro atrofida baholanmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Foot Mercato