"Liverpul" Musialani sotib olish imkoniyatini o'rganishga tayyor

Sherzod Nurmatov
27 noya 2026, 17:35
"Liverpul" agar futbolchi o'zining jismoniy tayyorgarligini isbotlay olsa, kelasi yozda "Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyor.

Bu haqda “Football Insider” xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotlariga qaraganda, 23 yoshli nemis futbolchisining shartnomasida tovon puli bandi mavjud, shu bilan birga, "Bavariya" uning nevrologik kasalligi va yuqori maosh majburiyatlaridan xavotirda.

"Liverpul" sog'lig'idagi muammolar tufayli 2026/27 yilgi mavsumda "Bavariya"ning asosiy tarkibida bor-yo'g'i 1 ta o'yin o'tkazgan Musiala atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Futbolchiga o'yinlar vaqtida xurujlarni keltirib chiqaradigan nevrologik kasallik tashxisi qo'yilgan va Myunxen klubi ushbu muammoni hal qilish ustida ishlamoqda.

Agar Musialaning sog'lig'i bilan bog'liq vaziyat yaxshilansa, "Liverpul" kelasi yozda taklif bilan chiqishga tayyor. Ehtimoliy kelishuv summasi oshkor etilmagan, biroq manbalar uni "juda qimmat" deb tariflashmoqda.

Yarim himoyachi 2020 yilning iyul oyidan beri "Bavariya" safida o'ynab keladi, uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 80 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider