"Liverpul" "Lids"dan Bemfordni xarid qilishi mumkin

Alisher
11 sen 2021
"Lids" forvardi Patrik Bemford faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

28 yoshli Angliya terma jamoasi o'yinchisi uchun "Liverpul" davogarlik qilmoqda.

Mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Kloppning o'zi hujumchiga qiziqish bildirmoqda.

Bemford joriy mavsum 4ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi. Forvard 2020/21 yilgi mavsum APL doirasidagi 37ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 8ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Express