"Liverpul" Yevropaning eng tezkor markaziy himoyachilaridan birini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
31 mar 2026, 20:00
"Kristal Pelas" himoyachi Maksans Lakrua Fransiya terma jamoasidagi debyutidan so'ng jamoalarda katta qiziqish uyg'otmoqda.

"TEAMtalk"ning xabar berishicha, "Liverpul" - uning xizmatlariga qiziqayotgan to'rtta klubdan biri. "Chelsi", "Aston Villa" va "Bavariya" ham Lakrua bilan yaqindan tanishmoqda.

"Qizillar" Ibraima Konatening kyetishiga tayyorgarlik ko'rayotgan bir paytda yangi markaziy himoyachiga muhtoj bo'lishi mumkin.

25 yoshli markaziy himoyachi o'tgan hafta o'z terma jamoasi safida debyut qildi va Fransiyaning Braziliya ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozongan o'yinida zaxiradan maydonga tushdi, bu uning faoliyatida burilish nuqtasi bo'ladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk