Levandovski YCHL haqida: "Biz oldingidan ham yaxshiroq tayyormiz"

Aziz Tukhtamuradov
12 okt 2023, 08:55
Robert Levandovski "Barselona"ning Chempionlar ligasiga tayyorgarligi haqida gapirdi.

"O'tgan safar YCHLdagi ishtirokimiz erta yakunlangandi. Bu yil Chempionlar ligasi biz uchun muhim va klub bunga ko'proq e'tibor qaratmoqda. 

Biz yaxshiroq tayyorlanganmiz. O'tgan mavsum biroz muvaffaqiyatsiz kechgandi. Hozir esa jamoa barqaror holatda. Kadrlar almashinuvi bo'ldi, lekin jamoa asosi qolgan.

Bizda salohiyat katta. Biz La Liga va Superkubokda g'alaba qozondik. La Ligada birinchi bo'lishga va YCHLda uzoqroqqa yetib borish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz", - dedi Levandovski.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Diario Sport