Levandovski Bundesliga rekordini o'rnatdi

Eldor Akmurzayev
26 okt 2019
Germaniya chempionatining 9-turida “Bavariya” o'z maydonida “Union Berlin" klubini qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvning 53 daqiqasida mezbonlar forvardi Robert Levandovski raqib darvozasini ishg'ol etdi. Polshalik hujumchi chempionatning startidan buyon o'tkazilgan barcha to'qqiz bahsda gol urdi va bu ko'rsatkich bo'yicha chempionat rekordini o'rnatdi. 

Avvalgi natija esa “Borussiya D”ning sobiq a'zosi Per-Emerik Obameyangga tegishli edi. U 2015/16 yilgi mavsum ketma-ket 8 turda umumiy 10ta gol urgandi.

Levandovski hisobida esa hozircha 13ta gol mavjud.  


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Squawka