"Lester Siti" MYUning taklifini rad etdi

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2018, 18:14
"Lester Siti" rahbariyati "Manchester Yunayted"ning himoyachi Garri Maguayr borasidagi taklifni rad etdi.

"Qizil iblislar" 25 yoshli futbolchi uchun 65 mln. funt taklif qildi, ammo bu "tulkilar"ni qoniqtirmadi. Manchester klubi yozgi transfer oynasida Maguayrni sotib olishga umid qilmoqda.

Maguayr Angliya termasining asosiy tarkibida o'ynab, jahon chempionatidagi natijalarga o'zining munosib hissasini qo'shdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports