"Lacio" va "Arsenal" Torreyraning transferini muhokama qilmoqda

Alisher
12 avg 2021, 11:07
"Arsenal" yarim himoyachisi Lukas Torreyra "Lacio"ga o'tishga yaqin.

Klublar o'rtasidagi muzokaralar yakunlovchi bosqichda.

Transferga shaxsan rimliklar bosh murabbiyi Mauricio Sarri qiziqish bildirmoqda va u urugvaylik sxemaga yaxshi mos keladi deb hisoblamoqda. O'yinchining o'zi jamoasini o'zgartirmoqchi va "Lacio"ga o'tishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Torreyra "Arsenal"ga 2018 yilda "Sampdoriya"dan deyarli 29 million evroga o'tgandi. U o'tgan mavsumni ijara asosida "Atletiko"da o'tkazdi, Lukas La Liga doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport