Kurzavaning oshig'i olchi. Unga Italiya va Angliya grandlaridan qiziqishlar bo'lmoqda

24 noya 2019, 18:20
PSJ himoyachisi Leven Kurzava faoliyatini Angliya yoki Italiyada davom ettirishi mumkin.

"Mercato 365" nashrining ma'lumot berishicha, 27 yoshli futbolchiga "Milan" va APL top-6 klubidan qiziqish bo'lmoqda.  

Kurzavaning shartnomasi 2020 yil yozida yakunlanadi. Ammo fransiyalik o'yin amaliyoti bois qishda yangi klubga o'tishni xohlamoqda. 

Joriy mavsum Kurzava PSJ safida Liga 1 ning 8 o'yinida qatnashdi va 2 marta ogohlantirildi. 


Manba: mercato365.com