Kualyarella A Seriya rekordchisiga aylandi

12 yanv 2020, 23:57
"Sampdoriya" hujumchisi Fabio Kualyarella "Breshiya"ga (5:1) qarshi uchrashuvda dubl qayd etdi.

Bu gollar 36 yoshli forvardning 2020 yildagi ilk gollariga aylandi. Shu tariqa Kualyarella Italiya chempionatida ketma-ket 16 yil raqiblar darvozasiga yo'l topishni uddaladi. U 2005 yildan beri surunkasiga har kalendar yilida gol urib kelmoqda. Bu musobaqa tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, Kualyarella Italiya chempionatining joriy mavsumida 16 uchrashuvda maydonga tushib, umumiy hisobda 5 ta golga mualliflik qilgan. 


Manba: Football Italia