Italiya terma jamoasi yana JCHdan quruq qoldi. O'zbekiston terma jamoasi ustozi vatandoshlarini qo'llab-quvvatladi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2026
Italiya milliy terma jamoasi JCH-2026 yo'llanmasi uchun kechgan hal qiluvchi bahsda imkoniyatni boy berdi.

Pley-off bosqichining finalida Bosniya va Gertsegovinaga qarshi maydonga tushgan "Adzurri" penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchradi va ketma-ket uchinchi bor jahon chempionatidan tashqarida qoldi.

Mazkur muvaffaqiyatsizlikdan so'ng Italiya futboli afsonasi, O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro o'z "Instagram" sahifasida post qoldirdi. U terma jamoaning sobiq a'zosi Jennaro Gattuzo bilan tushgan suratini joylashtirib, "Vaziyat qiyinlashganda, kuchlilar maydonga chiqadi... Olg'a, Adzurri!" mazmunidagi so'zlar bilan o'z yurtdoshlarini qo'llab-quvvatladi.

Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi 2018 va 2022 yilgi dunyo birinchiliklarini ham o'tkazib yuborgan edi.

image_2026-04-01_11-53-00.png


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/fabiocannavaroofficial/