Koronavirus Info. O'zbekistonda 54 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Tolibjon Qosimov
22 apr 2020
Telegramdagi rasmiy "Koronavirus Info" kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.

Shu yilning 14 aprel kuni Namangan shahrida yashovchi G. og'ir ahvolda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Zudlik bilan amalga oshirilgan laborator tahlil natijasida unda koronavirus infekciyasi aniqlangan.

Ushbu bemor oldin ham gipertoniya va qandli diabet tashxisi bilan surunkali kasallanib kelgan. Ushbu kasalliklari hisobiga u 17 aprel kuni viloyat yuqumli kasalliklari shifoxonasining reanimaciya bo'limiga olingan. Mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida o'tkazgan reanimacion muolajalariga qaramasdan, bemor o'tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Jami o'limlar soni - 7 ta.


#uydaqoling

#vahimasizkarantin


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia