Klopp: "Hayotimdagi asosiy maqsadlarimdan biri - Mourinyoni kulishga majbur qilish"

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2018, 11:27
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourinyoning mersisayd klubi transferlari haqida aytgan so'zlariga izoh berdi.

"Mourinyo shu yo'l bilan tafakkur o'yinlarini o'ynayaptimi? Ha, biroz, ammo hammasi joyida. Eshitdim, Joze meni kulgili deb hisoblar ekan. Maqsadlarimdan biri - uni kulishga majbur qilish. Bu har doim ham amalga oshmaydi va bu sodir bo'lsa hammasi "Liverpul" tufayli.

O'tgan mavsum bazi narsalar haqida gapirgan edim. Aynan nima ekanligini eslay olmadim, ammo bu Pol Pogbaning "Manchester Yunayted"ga transferi haqida edi. Men hech qachon "qizil iblislar" haqida gap boshlamayman. Ammo agar mendan ular haqida so'rashsa, odob bilan javob beraman.

Mourinyo gaplari tufayli menda muammo paydo bo'lmaydi. U xohlaganini gapirishi mumkin" - deydi Klopp.

Mourinyo - Kloppga: "Puling ko'p bo'lsa, bankka qo'ymasdan, to'g'ri ishlatishni o'rgan"


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports