Kerrik sobiq shogirdini "Manchester Yunayted"ga olib kelmoqchi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2026, 22:46
"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoaga "Midlsbro" futbolchisini olib kelinishini istamoqda.

"TEAMtalk" ma'lumotiga ko'ra, klub "Midlsbro" yarim himoyachisi Xeyden Xakniga qiziqish bildiryapti. 23 yoshli futbolchini ancha vaqtdan buyon "Tottenxem" kuzatib bormoqda. "Midlsbro"ning o'zi ham futbolchisini qishda sotishga qarshi emas.

Kerrik 2022-2025 yillar davomida ushbu jamoani boshqargandi. Xakni ushbu mavsumda barcha turnirlarla 28 o'yinda qatnashib, 4 gol va 6 assist qayd etdi. Uning transfer narxi 25 million evroga baholanmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TEAMtalk