Kazemiro "Old Trafford"dagi so'nggi o'yinini o'tkazadi

15 may 2026, 23:31
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik "Sanderlend"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgan Kazemiro haqida gapirdi.

U kichik jarohat sababli o'yinda qatnashmagan va ushbu haftadagi o'yinda ishtirok etish uchun mashg'ulotlarda ishtirok etgandi. Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etadigan braziliyalik futbolchi "Nottingem Forest"ga qarshi o'yinda qatnashishi ma'lum qilindi.

"Ha, Kazemiro o'ynaydi. U bilan tanishgan ilk kunimdanoq juda yuqori darajasini namoyish qildi va jamoaga ko'p narsa berdi.

U holatni yaxshi biladi, ushbu mavsum yakunlanganidan keyin barchasi tugashini bilgan holda bor kuchini berishga harakat qiladi.

Aytganimdek, uning jamoaga yondashuviga hurmat bilan qarashimiz kerak. U ham barchamiz kabi o'sish va pasayish davrini boshidan o'tkazdi va u barchasini yuqori darajada yakunlamoqchi. Bu ajoyib holat", - dedi Kerrik.

O'xshash yangiliklar


Manba: manutd.com