Karlton Koul hech kimga kerak emas

Tolibjon Qosimov
6 sen 2013, 15:01
Sky Sports xabarlariga ko'ra "Vest Xem" 29 yoshli Karlton Koul bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas.

Yozda erkin agentga aylangan futbolchi klub murabbiylar shtabini o'zining kerakli futbolchi ekaninga ishontira olgani yo'q. Undan tashqari, u hali jamoa bilan mashg'ulot o'tkazayotgani ham yo'q.

Takidlash kerakki, Koul boshqa klublardan ham hech qanday taklif olgani yo'q.

O'tgan mavsumda hujumchi "Vest Xem" tarkibida 27 o'yinda maydonga tushib, ikki gol urishga va ikkita golli pas berishga muvaffaq bo'lgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru