Kanselu bir yo'la ikki ligada chempion bo'ldi

Mirjalol Normatov
28 may 2023
Kecha "Bavariya" Bundesliganing so'nggi turida "Keln"ni mag'lub etdi.

Shu orqali myunxenliklar o'z tarixidagi 33-chempionligini nishonladi.

E'tiborli tomoni shundaki, "Bavariya" tarkibida ijarada o'ynagan Joau Kanselu bir yo'la ikki ligada chempion bo'ldi.

"Bavariya" bilan Bundesligada va "Manchester Siti" bilan APLda. Portugaliyalik futbolchiga APL medallari ham taqdim qilinadi. 

Kanselu ushbu mavsumning birinchi qismida "shaharliklar" tarkibida 17 o'yinda 2 gol va 1 assist qayd etgan bo'lsa, Myunxenda ijara asosida harakat qilgan futbolchi 15 o'yinda 1 gol va 4 assist muallifi bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia